Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya Tashqi ishlar vaziri Makron saylovga nomzodini hali qo‘ymaganini ma’lum qildi
17:49 / 2022-02-18

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron hozircha aprelda bo‘ladigan prezident sayloviga o‘z nomzodini ikkinchi muddat uchun ko‘rsatgani yo‘q, chunki u ayni paytda xalqaro vaziyatni yumshatish bilan band. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian LCI telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Davlat rahbari muzokaralarni Fransiya prezidentligiga nomzod sifatida emas, balki prezident sifatida o‘tkazishni ma’qul ko‘radi", — dedi vazir. Le Drianning fikricha, "xalqaro vaziyat hali ham o‘ta qaltisligicha qolmoqda". 

Fransiyada prezident saylovi shu yil  10 va  24 aprel kunlari, ya’ni ikki bosqichda  bo‘lib o‘tadi. Hozirgacha saylov poygasida ishtirok etish rejasini 40 dan ziyod nomzod e’lon qilgan.  

Saylovga atigi 51 kun qoldi, lekin Makron haligacha o‘zining rejasini oshkor qilmadi. Bu galgi saylov kompaniyasi 4 martdan, ya’ni nomzodlarni ro‘yxatga olish yakuniga yetgach boshlanadi.