Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri yaqin orada tibbiy niqoblardan voz kechish mumkinligini aytmoqda
10:12 / 2021-05-05

RFI nashrining yozishicha, Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran bu yil yozdan boshlab odamlar ochiq havoda tibbiy niqoblarsiz va masofa saqlamasdan erkin yurishi mumkinligiga umid qilayotganini aytgan.

Boisi so‘nggi bir hafta ichida Covid-19 bilan kasallanganlar soni 20 foizga pasaygan. Yangi kasallanishlar soni bir necha oy ichida ilk marta haftasiga 20 mingdan kamayishi kutilmoqda.

Olive Veran seshanba kuni ertalab “Europe 1” radiosi orqali murojaatida jamoat joylarida niqob taqishni tugatish to‘g‘risidaga fikrlarini izohladi.

– Endilikda emlash odamlarni Covid-19ning jiddiy shakllaridan himoya qilishini bilamiz va o‘ylaymizki, bu kasallikning tarqalishi va epidemiya xavfini kamaytiradi. Masofa saqlash va ochiq havoda tibbiy niqobsiz yurish vaqti kelishini ko‘p kutmaymiz, men buni darhol e’lon qilaman. Ushbu erkinlik bu yozda bo‘lishiga chin dildan umid qilaman, – degan vazir.mat