Fransiya prezidentligiga nomzod, amaldagi davlat rahbari – Emmanuel Makron saylovoldi dasturini e’lon qildi
Aprelda Fransiya prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Konstitutsiyaviy kengash 12 nafar nomzodni, jumladan, amaldagi prezident Emmanuel Makronni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Makron saylovoldi dasturini e’lon qildi.
Prezident o‘z dasturida, “Pensiya yoshini 65 yoshga uzaytirish, aholi bandligini to‘la ta’minlash, oziq-ovqat ta’minoti izchilligiga erishish, qurolli kuchlar zaxirasini ikki baravar oshirib, uni moliyalashni yiliga 50 milliard yevroga yetkazish, fuqaroviy mobilizatsiya rejasini ishlab chiqish, yangi oltita AES qurib, yana sakkiztasini loyihalashtirish va o‘n yillik ilmiy tadqiqotlarga 25 milliard yevro ajratilishiga va’da berdi”, deyiladi “TASS” xabarida.