French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya prezidenti Yevropa ichki xavfsizlik kengashi tuzishni taklif qildi
10:21 / 2020-11-11

Terrorchilik bilan bog‘liq muammolarini yechish yo‘lida Shengen hududini isloh qilish lozim.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron radikal kayfiyatdagi muhojirlarni  kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun  Yevroittifoqning tashqi chegaralari nazorat qilinishi kerak, deb hisoblaydi.  

“rosbalt.ru” xabariga ko‘ra, Makron, bundan tashqari, Yevropa ichki xavfsizlik kengashini  tuzishni taklif qildi.  

“Xavfsizlik uchun Shengenni isloh qilish taqozo etiladi”, dedi prezident Avstriya, Germaniya va  Niderlandiya davlat rahbarlari va Yefroittifoq terrorchilikka qarshi kurash institutlari ishtirokidagi videomuloqotda.

Yevrokomissiya  rahbari Ursula fon der Lyayen Yevroittifoqning  terrorchilikka qarshi yangi dasturi 9 dekabrda taqdim etilishini aytdi.