Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning reytingi pasaymoqda
20:37 / 2022-03-20

“Elabe” ijtimoiy xizmatining so‘rovi natijalariga ko‘ra, prezidentlik saylovining birinchi turida amaldagi prezidentga ovoz berishni istovchilar soni keyingi bir haftada 3,5 foiz punktida 27,5 foizgacha kamaygan.

Lekin bu hamon Ukrainadagi amaliyotlar boshlanishigacha bo‘lgan muddatdagidan yuqori ko‘rsatkich. O‘sha paytda Makronga ovoz berishni istovchilar 25 foiz bo‘lgan, uch hafta o‘tib esa, uning saylovoldi reytingi 33 foizgacha ko‘tarilgandi. Makronning yaqin raqobatchisi, “milliy birlashuv” partiyasidan nomzod Marin Le Pen bir haftada qo‘shimcha 2 foiz punktini jamg‘arib, 20 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.