Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya prezidenti AQSH - Rossiya muloqotida vositachi
10:34 / 2022-02-22

AQSH prezidenti Jo Bayden Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronga o‘zining Vladimir Putin bilan uchrashuvini tashkil qilishni so‘rab murojaat qildi.

Bu haqda “Reuters” Yelisey saroyi manbasiga tayanib xabar bergan.

Manbada “Biz holatni sekin o‘zgartiryapmiz. Kreml qabul qiluvchi diplomatik imkoniyat muhitini yaratyapmiz. U vositachi”, deyiladi Makronning jarayondagi o‘rni haqida.

Yakshanba kuni Yelisey saroyi Putin va Bayden Makronning Yevropadagi xavfsizlik va barqarorlikka doir sammit o‘tkazish taklifiga rozilik bildirganini ma’lum qilgan.
Ayni payt Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov uchrashuv bo‘yicha aniq gap yo‘qligi, yetakchilar lozim topsa, uchrashuv bo‘lishini aytgan.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki esa Bayden Rossiya Ukrainaga bostirib kirmasa, Putin bilan uchrashuvga tayyorligini ma’lum qilgan.