Fransiya - O‘zbekiston: Tadbirkorlar manfaatiga oid masalalar muhokama qilindi
Biznes-ombudsman tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlarning manfaatlarini qonuniy himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda. Bu borada xorijiy amaliyotlarni qo‘llashga ham alohida ahamiyat berilmoqda.
Biznes-ombudsman devonida Vakil o‘rinbosari Jamshid O‘runov va Fransiya-O‘zbekiston iqtisodiy palatasi raisi Joanna Golas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Fransiya-O‘zbekiston iqtisodiy palatasi Fransiya va mamlakatimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi tashkilot.
U 2016 yilda Parijda Fransiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar klubi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, 2023 yilning noyabr oyida Fransiya - O‘zbekiston iqtisodiy palatasiga aylantirildi.
Uchrashuv davomida tomonlar tadbirkorlarning huquqlari, xususan, Fransiya kapitali ishtirokidagi korxonalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA