English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya matbuoti O‘zbekiston turizm salohiyati haqida maqola e’lon qildi
11:41 / 2022-03-11

Fransiyaning Evryo aglomeratsiyasida haftalik chop etiladigan "Normandiya" jurnalida Buxoro va Ruan o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik haqida maqola chop etildi.

Unda Evryo aglomeratsiyasi prezidenti Gi Lefranning Buxoro viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi hamda "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mutasaddilari bilan uchrashuvi, Evryodagi Ruan univesiteti fakultetidan 3 nafar bitiruvchi talabaning Buxoro turizm va madaniy meros texnikumiga amaliyot o‘tash uchun kelishi haqida ta’kidlangan.

Shuningdek, o‘z diplom ishida fransuz talaba-tadqiqotchilarining fransuz sayyohlari talablaridan kelib chiqqan holda yangi xizmatlar diversifikatsiyasini taklif qilishi, shu bilan birga, Gi Lefran janoblarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oxirgi yillarda barcha sohalarda olib borayotgan islohotlari haqida yozilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 7-17 mart kunlari Turizm va madaniy meros vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va istiqboldagi rejalarni muhokama qilish maqsadida Fransiyaning Parij va Ruan shaharlarida bo‘lib turibdi.

Buxoro viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi matbuot xizmati