Fransiya: jinoyatchilik avj olgan Marsel shahar politsiyasi faoliyatini mustahkamlash uchun milliard yevro mablag‘ ajratiladi
Emmanuel Makronning sentyabr boshidagi Marselga bo‘lgan uch kunlik tashrifini shahar hukumati tarixiy tashrif deb atadi.
Fransiya davlat rahbari shahar politsiyasi faoliyatini mustahkamlash va mahalliy narkosavdogarlar nizolariga to‘la barham berish uchun Marsel ma’muriyatiga milliard yevro ajratilishiga va’da berdi.
Shu yozda Fransiyada Parijdan keyingi ikkinchi shahar bo‘lgan Marsel jinoiy yangiliklarning markaziga aylangandi.
Shaharda yoz oylarida yigirmaga yaqin jinoyat sodir etilib, ularda 14 kishi hayotdan ko‘z yumgan.