Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya ishbilarmonlar delegatsiyasi O‘zbekistonda
12:00 / 2022-07-05

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov “MEDEF International” Fransiya korxonalari harakati raisi Klod Imoven boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

Delegatsiya tarkibiga Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Bushez Oreliya, Fransiyaning “Orano Mining”, “SUEZ”, “Voltalia”, “EDF”, “MEDEF International” va “Alstom” kompaniyalari rahbariyati kiradi. 

Fransiya kompaniyalari bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishning bugungi holati va istiqboli konstruktiv tarzda muhokama qilindi. 

Ayni payt respublikamizda geologiya-qidiruv, energetika, infratuzilma, turizm va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga ixtisoslashgan 50 ga yaqin fransuz kompaniyalari faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi. 

“MEDEF” rahbariyati O‘zbekiston Fransiyaning faol va ishonchli iqtisodiy hamkori ekanini aytib, mamlakatda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yirik fransuz tadbirkorlarini jalb qilish bo‘yicha sa’y-harakatni faollashtirishga tayyorligini bildirdi. 

Uchrashuvda O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari muhim sohadagi hamkorlik yo‘nalishini ilgari surish bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni ishlab chiqish imkoniga ega bo‘ldi. 

Mamlakatimizda loyihalarni amalga oshirishga qiziqayotgan har bir fransiyalik ishbilarmon qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi. 

Muloqot yakunida ikki mamlakat tadbirkorlari aloqani mustahkamlash va aniq kelishuvga erishishga qaratilgan amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. 

B.Xudoyberdiyev, O‘zA