Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya IIV: tartibsizliklarda chet ellik bezorilar ishtirok etmoqda
12:54 / 2023-04-03

Fransiyada pensiya islohotiga qarshi namoyishlar chog‘ida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarda Germaniya, Gretsiya va Italiyadan kelgan bezorilar ishtirok etmoqda. Bu haqda respublika Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen haftalik “Le Journal du Dimanche” nashriga bergan intervyuda aytib o‘tdi.

“Germaniya, Italiya va Germaniyadan kelgan odamlar avvaldan ishlab chiqilgan mafkuraga ega, ular bizning davlat institutlarimiz va demokratiyamizni yo‘q qilish uchun uyushtirilgan”, dedi vazir tartibsizliklarda “malakali g‘alayonchilar”ning ishtiroki haqidagi savolga javob qaytarib.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, “Fransiyada ikki ming 200 nafar o‘ta so‘l radikal unsurlar mavjud”, dedi IIV rahbari.

Uning ta’kidlashicha, “bu juda shafqatsiz va xavfli kuch”. Fransiya hukumatining pensiya islohoti loyihasiga qarshi namoyishlar yanvar oyidan beri tinmayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, navbatdagi norozilik chiqishi 6 aprelga mo‘ljallangan.

O‘zA