Fransiya hukumati iste’foga chiqadi
Fransiyaning amaldagi Bosh vaziri Fransua Bayru hukumati parlamentdagi ovoz berish natijasiga ko‘ra iste’foga chiqadi.
Ma’lum qilinishicha, 364 deputat hozirgi hukumatga ishonchsizlik bildirgan.
Bayru ovoz berish arafasidagi nutqida ko‘plab masalalar, xususan, o‘sib borayotgan davlat qarzi haqida gapirib, hukumat taklif qilgan tejamkorlik choralarini asoslashga harakat qildi. Shuningdek, o‘z iste’fosi ushbu muammolarni hal qilmasligini ham qo‘shimcha qildi.
Avgust oyi boshida hukumat rahbari Fransiyaning davlat qarzi har soniyada besh ming yevro oshayotganini ta’kidlab, oxirgi marta muvozanatli byudjet yarim asr oldin, ya’ni 1974 yil taqdim etilganini eslatgandi. Keyinroq ichki ishlar vaziri Bruno Retayo Fransiya hech qachon bu qadar moliyaviy tubsizlikka yaqinlashmaganini aytgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_XPwDmbSK7w?si=XNHl5iGSb4worIpC" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>S.Rahimov, O‘zA