Fransiya harbiy dengiz kuchlarini kuchaytirmoqda
Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida Fransiya mintaqadagi harbiy-dengiz ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron Kiprga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Fransiya hozirda O‘rta yer dengizi, Qizil dengiz va ehtimoliy ravishda Hurmuz bo‘g‘ozi hududiga qariyb 12 ta harbiy kema jo‘natmoqda. Ular orasida o‘lkaning asosiy dengiz kuchlaridan biri bo‘lgan “Charles de Gaulle” zarba guruhi ham bor.

Makron Pafos shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan muloqotda Yevropa davlatlari mintaqadagi ittifoqchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida mudofaa choralarini ko‘rayotganini bildirdi.
– Agar Kiprga hujum qilinsa, bu Yevropa uchun ham tahdid hisoblanadi, – dedi fransuz yetakchisi.
D.Hakimov, O‘zA