Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya Falastin davlatini tan oladi
09:34 / 2025-07-25

Prezident Emmanuel Makron Fransiya sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida Falastin davlatini rasman tan olishini bildirdi va shu tariqa G7 guruhidagi shunday qaror qabul qilgan birinchi davlatga aylandi.

BBC xabariga ko‘ra, tegishli bayonotda G‘azodagi urushni to‘xtatish, begunoh aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish, garovga olinganlarni ozod qilish hamda Falastin davlati demilitarizatsiyasi orqali mintaqada barqaror tinchlikni ta’minlash zarurligi qayd etilgan. Shuningdek, Fransiya har doim Yaqin Sharqda adolatli va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishini yoqlab kelgani ham eslatilgan.

Falastin rasmiylari bu qarorni olqishlab, tashabbusni xalqaro me’yor va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga hurmat sifatida baholadi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Makronning qarorini “terrorizmni mukofotlovchi qadam” deb atadi, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio esa “mas’uliyatsizlik”ka yo‘ydi.

Hozirgacha 140 dan ziyod BMTga a’zo davlat Falastinni tan olgan. Yevropa Ittifoqi doirasida Ispaniya, Irlandiya kabi ayrim mamlakatlar bunday qarorni ilgariroq e’lon qilgan.

BMT va xalqaro nodavlat tashkilotlar ogohlantirishicha, G‘azoda bolalar o‘rtasida oziq-ovqat tanqisligi va ocharchilik keskin kuchaymoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA