Fransiya avvaldan BMT Xavsizlik kengashini kengaytirish rejasini qo‘llab-quvvatlab keladi, doimiy a’zolar va doimiy bo‘lmagan a’zolar masalasida ham shunday, deb bayonot berdi Fransiya tashqi ishlar vazirligi vakili, Turkiya yetakchisi Rejep Tayyib Erdo‘g‘onning tashkilotni isloh qilish kerakligi haqidagi bayonotiga izoh berar ekan.
Bundan avval Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on BMT Xavfsizlik kengashidagi boshqa a’zolarning huquqlarini kengaytirish maqsadida doimiy a’zolarni “burchukka qamash”ga qaratilgan yo‘l xaritasi borligini ma’lum qilgan edi.
"Fransiya allaqachon Xavfsizlik kengashini kengaytirishni qo‘llab quvvatlaydi. U ikki toifadagi, jumladan, doimiy va vaqtinchalik a’zolar safini ham kengaytirish tarafdori", - dedi mamlakat tashqi siyosat mahkamasi vakili brifingda.
Uning ta’kidlashicha, Parij Germaniya, Braziliya, Hindiston va Yaponiyaning doimiy a’zo bo‘lishini qo‘llab- quvvatlaydi va albatta Afrika mamlakatlaridan birini ham doimiy a’zolar safida ko‘rishni istaydi.
BMT Xavfsizlik kengashi beshta doimiy a’zoga ega. Rossiya, AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlaridan iborat ushbu beshlik veto berish huquqiga ega. Veto huquqi ushbu davlatlarga BMT bosh organi qabul qilgan har qanday qarorni to‘xtatib qo‘yish imkoniyatini beradi. Xavfsizlik kengashida yana 10 ta doimiy bo‘lmagan a’zolar ham bor, lekin ularda bunday huquq yo‘q. Vaqti-vaqti bilan ayrim mamlakatlar u yoki bu davlatni veto berish huquqidan mahrum qilish kerakligini talab qilib turadi.