French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya elchisi SamDUda
23:50 / 2022-05-30

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Rasmiy mehmonlarni oliy o‘quv yurti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi.

 – Hozirgacha Fransiyaning Puate, Sorbonna kabi yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz, - dedi R.Xolmurodov. – Yaqinda universitetimiz tarkibida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti ochildi. Ayni payt olimlarimiz ushbu davlat qishloq xo‘jaligi istiqbolini o‘rganishyapti. Farang diyoridan agrobiotexnologiya, uzumchilik, bog‘dorchilik bo‘yicha bilimli, tajribali mutaxassislarni Samarqandga olib kelish reja qilindi.

 – SamDU shiddat bilan rivojlanayotgan oliy ta’lim muassasalaridan biri, – dedi taniqli diplomat Oreliya Bushez xonim. – Biz rektor bilan ko‘pgina masalalar yuzasidan fikr almashdik. Bundan buyon elchixonamiz universitetga Fransiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatishda yaqindan yordam beradi.

 Shuningdek, delegatsiya a’zolari maskandagi “Campus France” axborot markazi faoliyati bilan tanishdi, Arxeologiya muzeyidagi noyob eksponatlarni ko‘zdan kechirdi.

SamDU axborot xizmati,
Shavkat Akramov (surat)