French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya elchisi Buxoroda
08:00 / 2025-10-04

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk ko‘hna va boqiy Buxoroda bo‘ldi va viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashdi.

Viloyat rahbari diplomatni O‘zbekistondagi vazifasini boshlagani bilan tabrikladi hamda uning professional tajribasi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ko‘p qirrali ekanini ta’kidlab, mamlakatimizdagi islohotlar, istiqboldagi rejalar, Buxoro viloyatida xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, Fransiya kapitali ishtirokida amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida ikki tomonlama hamkorlik loyihalari ijobiy xususiyat kasb etganini ham qayd etdi. Madaniyat va madaniy merosni asrash, tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilishda hamkorlik loyihalarini va tajriba almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Mehmon Buxoro viloyati potensialini yuqori baholab, savdo-investitsiya aloqalarini rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga Fransiya kapitali va texnologiyalarini jalb qilish, ta’lim va turizm sohalarini rivojlantirish hamda moliyaviy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari mavjudligini aytib o‘tdi.

Shundan kelib chiqib, amalga oshiriladigan loyihalarga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.