Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya Avstraliyani suvosti kemalari bo‘yicha imzolangan shartnomani buzganlikda ayblamoqda
15:48 / 2021-09-16

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian France Info radiostansiyasida chiqish qilib Avstraliyaning Naval Group kompaniyasi bilan atom suvosti kemalari qurib berish bo‘yicha imzolagan shartnomadan chiqish haqidagi qarorini qoraladi.

O‘ning ta’kidlashicha, Parij Kanberra bilan o‘zaro ishonchli munosabat o‘rnatgan. Biroq hozir ushbu ishonch barbod bo‘ldi, dedi u.

"Bugun men g‘azabdaman, ushbu shartnomaning buzilishi sababli meni alam hissi cho‘lg‘ab olgan. Ittifoqchilar bunday qilmaydi", — dedi Le Drian.

Fransiya tashqi siyosat mahkamasi rahbarining aytishicha, mazkur shartnoma 2014 yildan 2016 yilgacha ikki yil davomida muhokama qilindi. Vazir Avstraliya va AQSH tomonidan izoh kutayotganini ham aytgan.

"Bizda shartnoma bor, Avstraliya ushbu shartnomadan qanday chiqish mumkinligini aytishi kerak. Tushuntirishi kerak", — ta’kidladi u.

ABC telekanali avvalroq rasmiy Kanberra atom suvosti kemalari flotini yaratish va Fransiyaning Naval Group kompaniyasi bilan 90 milliard Avstraliya dollari (taxminan 66 milliard AQSH dollari) miqdoridagi kelishuvdan voz kechgani haqida xabar bergan edi. Bunga Avstraliyaning AQSH va Buyuk Britaniya bilan birgalikda alohida loyiha ustida ishlayotgani sabab qilib ko‘rsatildi.