Yuqori intensiv mojaro sodir bo‘lgan taqdirda, Fransiya Qurolli Kuchlari uzoq masofali artilleriya va o‘q-dorilarning keskin tanqisligiga duch keladi.
Bu haqda Fransiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi vakillari ishtirokida Milliy assambleyadagi yopiq parlament eshituvlari yakunlari bo‘yicha Le Monde nashrida e’lon qilingan maqolada ma’lum qilindi, deyiladi "Lenta.ru" xabarida.
Fransiya shtab-kvartirasi boshlig‘i general Terri Burkarning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakat armiyasi assimetrik to‘qnashuvlarda ishtirok etmoqda, bu esa «muayyan imkoniyatlarni kamaytiradigan murosalarga» olib kelgan. Fransiya harbiy-dengiz kuchlari shtab-kvartirasi rahbari admiral Per Vandening ta’kidlashicha, «mamlakat dengiz floti hech qachon bunchalik kichik bo‘lmagan».
Bundan tashqari, Fransiyadagi qiruvchilar soni uch baravarga qisqardi, qo‘shimcha dron va uzoq masofaga uchuvchi artilleriya sotib olish, havo hujumidan mudofaa tizimlarini modernizatsiya qilish zarurati mavjud.