Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Frankfurt shahrida O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi
17:54 / 2024-12-15

Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida ikki mamlakat to‘qimachilik, oziq-ovqat hamda qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi ishbilarmonlar ishtirokida O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamda “MUSIAD Hessen e.V” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir davomida mamlakatimizning investitsion salohiyati namoyish etildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida olib borilayotgan islohotlar hamda erishilgan kelishuvlar natijalari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda Germaniya sarmoyasi ishtirokida 221 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Forum yakunida O‘zbekiston hamda Germaniya ishbilarmonlari manfaatli savdo shartnomalarini tuzish borasidagi masalalarni atroflicha ishlab chiqdi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA