Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fraksiya majlisida muhim masalalar muhokama etildi
17:39 / 2025-05-26

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi Tadbirkorlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda fraksiya a’zolari, O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, shahar va tuman kengashlari apparat boshliqlari, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 apreldagi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoni ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosi bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Koziyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari A.O‘razimbetov hamda Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Tursunovlarning davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan farmon va qarorlari doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. Ushbu masalalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga taqdim etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, bu borada uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri