English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fraksiya a’zolari Davlat byudjeti ijrosini kanday baholadi?
17:17 / 2022-05-30

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda fraksiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2021 yildagi hamda 2022 yil birinchi choragidagi ijrosini atroflicha ko‘rib chiqishdi. 

Hisobot davrida Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar evaziga atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv tizimini yaxshilash borasida salmoqli ishlar qilingan. 

Deputatlar tomonidan 2021 yilda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tadbirlari uchun davlat byudjetidan 5 trillion 524,1 milliard so‘m, 2022 yil I chorakda sohaga 663,6 milliard so‘m yo‘naltirilganligi ijobiy baholandi. 

Hisobotda keltirilishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida 2021 yil kuz mavsumida 85,9 million tup, bahor mavsumida esa 127 million tup mevali hamda manzarali daraxt va butalarning ko‘chat va qalamchalari ekilgan. 

Yig‘ilishda Davlat byudjeti mablag‘lari mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan har doim ham samarali va o‘z vaqtida bajarilmasligi fraksiya a’zolari tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, byudjet intizomiga rioya qilish, Davlat byudjeti mablag‘larini maqsadli sarflash ustidan nazoratni muntazam olib borish lozimligi ta’kidlandi. 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2021 yildagi hamda 2022 yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan berilgan ma’lumotlarni tahliliy ko‘rib chiqib, uni ma’qulladilar. 

Tadbirda shuningdek, bir qator qonun loyihalari fraksiya a’zolari tomonidan birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qo‘llab-quvvatlandi. 

N.Rahmonova, UzA