Eslatma!
Hurmatli yo‘lovchilar, 2022 yil 25 yanvar kuni Respublikamiz elektr energiya ta’minoti tizimida yuzaga kelgan uzilish natijasida yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ sizlarga elektr energiya ta’minoti to‘liq tiklanishi bilan barcha poyezdlar harakat jadvali bo‘yicha harakatlanishini ma’lum qiladi.
Bundan tashqari harakat jadvalida o‘zgarish bo‘lgan paytda oldindan xarid qilingan va foydalanilmagan chiptalarini temir yo‘l kassalarida hech qanday qo‘shimcha to‘lovlarsiz qaytarib olinadi, yoki boshqa kunga almashtirib beriladi.
Hududlardagi temir yo‘l kassalarida chiptalarini almashtirishga ulgurmagan yo‘lovchilar esa, Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidagi kassalarga kelib bemalol almashtirib olishlari mumkin.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ