Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Found HER” startaplar tanlovi
16:36 / 2023-05-17

“Plug and Play” texnika markazi “Found HER” tanloviga arizalar qabul qilishni boshladi. Tanlovda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonlik startapchilarining loyihalari ishtirok etishi mumkin. Loyiha asoschilari orasida hech bo‘lmaganda bir nafar ayolning bo‘lishi majburiy shart hisoblanadi.

“Found HER” doirasida yosh biznesvumenlarga sohada samaradorlikni oshirish uchun resurs va mablag‘lar taqdim etiladi. Ular ustozlarning qo‘llab-quvvatlashi, netvorking, mablag‘ ajratishga jalb qilish bo‘yicha tavsiyalarga tayanishlari mumkin. Dasturda ishtirok etish bepul, ishtirok etish uchun 10 iyungacha ro‘yxatdan o‘tish lozim.  

“Found HER” dasturi Markaziy Osiyoda ayollarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Kelajakdagi taraqqiyot tashabbusi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Roman BONDARCHUK, 
O‘zA.