Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fotostudiyaga oʻgʻrilikka kirgan kishi ushlandi
14:27 / 2020-04-21

Natijada fotostudiyadan 2.200.000 soʻmlik “Canon” nomli printer va 500.000 soʻmlik “Fujitsu” fotoapparatlarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligi aniqlangan.


Buxoro viloyati IIB boshqarmasi axborot xizmatining malumotiga koʻra, joriy yilning 17-aprel kuni soat 20:00 larda Buxoro shahrida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan S.R oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida fuqaro S.H.ga tegishli boʻlgan Buxoro shahar I.Moʻminov koʻchasida joylashgan fotostudiyaga akfa romlarida oʻrnatilgan oynani sindirish orqali gʻayriqonuniy ravishda kirgan.

Natijada fotostudiyadan 2.200.000 soʻmlik “Canon” nomli printer va 500.000 soʻmlik “Fujitsu” fotoapparatlarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligi aniqlangan. Buxoro shahar IIO FMB 2-son IIB xodimlarining saʼy-harakatlari bilan oʻgʻri ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.