Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ
12:50 / 2026-03-08

8-mart: mehr va ehtirom ifodasi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami. Bugun shahar ko‘chalarida bayramona kayfiyat hukm suradi. Qo‘llarida turli rangdagi gullaru sovg‘alarni tutgan insonlar o‘z yaqinlarini qutlashga oshiqmoqda.

Ayniqsa, gul do‘konlari oldidagi gavjumlik bayram shukuhini yanada yaqqol his ettiradi. Yoshlar onalari, opa-singillari va ustozlari uchun gul tanlasa, ota-onalar farzandlariga quvonch ulashish niyatida sovg‘alar xarid qilmoqda.

Ko‘chalarda gul ko‘tarib ketayotgan odamlarni ko‘rgan har bir kishi bu kunning ma’nosi yanada chuqurroq ekanini his qiladi. Chunki bu bayram nafaqat sovg‘a va tabriklar, balki ayol zotiga bo‘lgan mehr-ehtirom, qadr va e’tibor ifodasidir.

[gallery-28054]

8-mart — ayollarning jamiyatdagi o‘rni, mehri va mehnatini qadrlash kuni. Shu bois bugun har bir xonadonda qutlovlar yangrab, gullar va samimiy tabassumlar bayramga alohida fayz bag‘ishlamoqda.

Mumtozbegim ABDUMO‘MINOVA (surat), O‘zA