Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ
09:30 / 2026-03-08

Davlat mukofotlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlariga muvofiq namanganlik bir qator fidoyi va mehnatkash opa-singillar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Namangan viloyati hokimligida ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bayramona ruhda tashkil etilgan tadbirda viloyatning faol xotin-qizlari vakillari ishtirok etdi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov yig‘ilganlarni bayram  bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonini o‘qib eshittirdi.

Mazkur hujjatga muvofiq, Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining suzish bo‘yicha murabbiysi Yuliya Boboyeva «Sog‘lom turmush» medali bilan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Uychi tumani bo‘linmasi rahbari E’tiborxon Yunusova esa «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

[gallery-28047]

Mukofotlanganlarga Prezidentimizning alohida tabrigi o‘qib eshittirilib, davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda so‘z olganlar ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, bu ishonchga munosib javob berish uchun yanada sidqidildan mehnat qilishlarini ta’kidladi.

 Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA