FOTOREPORTAJ
Termizda bayram shukuhi
Yangi yil arafasida Termiz shahri haqiqiy bayram libosiga burkangan. Ko‘cha va xiyobonlar, maydonlar rang-barang chiroqlar bilan bezatilib, shahar bo‘ylab bayram shukuhi kezmoqda. Bayramona bezatilgan archalar va turfa rangdagi bezaklar Termizga o‘zgacha ko‘rk va fayz bag‘ishlamoqda.
Aholi, ayniqsa bolajonlar qalbida quvonch va shodlik hukmron. Ularning samimiy kulgusi va hayajoni Yangi yil bayramining eng yorqin manzarasiga aylangan. Bu bayramona muhit har bir xonadonga iliqlik, ezgu niyatlar va yangi orzular olib kirayotgandek.
Shaharning 4 ta hududida o‘rnatilgan ulkan, did bilan bezatilgan bayram archalari esa barchani tantanaga chorlamoqda.
[gallery-26966]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA