Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fotoreportaj: Yil boshida ko‘kdan yoqqan baraka
10:55 / 2023-01-03

Niyatni yaxshi qilish, ko‘rganlaridan ezgulik qidirish xalqimizga xos jihatlardan biri sanaladi.

Yangi yil arafasida poytaxt qorga burkandi. Ko‘chada, bozorda, sayilgohlarda yurganlarga razm solsangiz hammada xush kayfiyatni ko‘rasiz.

[gallery-10172]

Bekatda turgan onaxon hamrohlari – nabiralari bilan sekin suhbatlashmoqda. Beixtiyor uning so‘zlariga quloq tutasiz. Qor qut-baraka, farovonlik, poklik belgisi... Yil boshida bunday barakaning yog‘ishi yangi yilning to‘kin kelishidan darak, deydi u.

Maydalab yog‘ayotgan qor Toshkentning jo‘shqinligi, sehri bilan uyg‘unlashib ketmoqda. Shahar oppoq tusga kiradi. Fotograf esa ertaknamo manzaralarni kadrlarga muhrlaydi.

 

Ikrom Avvalboyev, O‘zA

Oqil G‘ulomov olgan suratlar.