FOTOREPORTAJ: “Yangi Namangan” shaharchasida 410 ta ko‘p qavatli uy quriladi
Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov viloyat qurilish tashkilotlari rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirokida Davlatobod tumanidagi “Yangi Namangan” shaharchasi qurilishini boshlash yuzasidan muhokama o‘tkazdi.
Mazkur shaharcha qurilishi uchun Davlatobod tumanining Yuksalish hamda To‘raqo‘rg‘on tumanining Yettikon mahallalari hududidan 1 ming 371 gektar yer ajratilgan. Hududda 410 ta ko‘p qavatli uy, 7 ta maktab, 4 ta bolalar bog‘chasi, qator infratuzilma inshootlari barpo etilishi rejalashtirilgan.
[gallery-4895]
Yuksalish mahallasidagi bunyodkorlik loyihaning birinchi bosqichi hisoblanadi. 2018-2021 yillarda amalga oshirilgan bu bosqich doirasida 71 ta ko‘p qavatli uy qurildi. “Yuksalish”, “Yoshlar” va “Kushon” kichik sanoat zonalari tashkil etildi.
Ikkinchi bosqich 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, loyiha bo‘yicha Turkiyaning “Studio Vertebra” kompaniyasi tomonidan bosh reja ishlab chiqilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA