Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ: Toshkentda Prezident sovrini uchun Xalqaro turnir boshlandi.
20:02 / 2021-11-11

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Xalqaro turnir start oldi.

Davlatimiz rahbarining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda shaxmatchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur turnirda 9 ta mamlakatdan 100 nafardan oshiq shaxmatchi ishtirok etmoqda. 

Bahslarga kirishgan AQSH, Eron, Rossiya, Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston hamda O‘zbekiston vakillari o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishga astoydil bel bog‘lashgan.

[gallery-4624]

Musobaqaning tantanali ochilish marosimidan oldin, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Xalqaro turnir tashkilotchilari musobaqa, uning o‘tkazilish tartibi hamda pandemiya tufayli talab qilinadigan qoidalar ustida to‘xtalib o‘tdilar. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob oldilar.

Ochilish marosimida turizm va sport vazirligi, shaxmat federatsiyasi vakillari hamda turnir bosh hakami so‘zga chiqdi. Marosimdan so‘ng, blits-turnirga ruxsat berildi. Xalqaro turnirda O‘zbekiston sport sharafini grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, Javohir Sindarov kabi yosh xalqaro grossmeysterlarimiz himoya qilishadi. Shuningdek, hamyurtimiz, Jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham turnir yetakchilari safidan o‘rin olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Xalqaro turniri O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan beshta xalqaro turnirdan biri sanaladi.

Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 120 000 AQSH dollarini tashkil qiladi.

Musobaqa 19 noyabrga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA