English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ: Surxondaryoda Qorabayir otlari mahorat maktabi ochildi
18:38 / 2021-10-04

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Otchopar maydonida Milliy gvardiya huzurida Qorabayir otlari mahorat maktabining ochilishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi vakillari, nuroniylar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Milliy gvardiya safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda mahalliy uloq-ko‘pkari ustalari ishtirokida “Otlar poygasi”, “Ot ustida kurash” hamda “Uloq-ko‘pkari” musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar mashqlar namoyish etildi.

Ot sportiga ixtisoslashgan ushbu inshoot yillar davomida qarovsiz holatda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5 avgustdagi “Surxondaryo viloyatida qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohadagi ishlarni yangi bosqichda yuksaltirish yo‘llarini belgilab berdi.

[gallery-4153]

Mazkur qaror asosida mahorat maktabining otlariga ozuqa bazasini yaratish uchun Termiz tumanining “Surxon Do‘stlik Sarxati” massivi, “Sabzipoya” mahallasi hududidagi tuman zaxira yer fondidagi unumdorligi 55,1 ball bo‘lgan qariyb 99,6 gektar yer maydoni ham ajratilgan.

Maktab hududi qisqa vaqtda obodonlashtirilib, tashrif buyuruvchilar uchun zarur sharoitlar va infratuzilma yaratish maqsadida mehmonxona, yozgi tadbirlar o‘tkazish va kuzatuv binolari hamda 5 ming o‘rinli tomoshabinlar tribunasi to‘liq rekonstruksiya qilindi, temir to‘siqlar o‘rnatildi. Piyodalar va avtomobil harakatlanishi uchun yo‘lakchalar tashkil etilib, to‘liq asfalt qoplamasi yotqizildi. Bayram tadbirlarini o‘tkazish uchun 6 ta har xil o‘lchamdagi sahnalar barpo etildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA