Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ: Seminarda uzum yetishtirishda hosildorlik sirlari o‘rgatildi
20:43 / 2021-09-27

Jizzax viloyatining Zomin hamda Baxmal tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan hududdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, tashabbuskorlar hamda sohaga qiziqish bildirgan yoshlar ishtirokida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.

Seminar soha vakillariga uzum navlari, uni ekish va o‘stirish, tok kasalliklari hamda o‘g‘itlash, jahon talablariga mos uzum navlarini parvarishlash, hosildorlik sirlarini o‘rgatish maqsadiga qaratildi.

[gallery-4062]

O‘quv mashg‘ulotlari Toshkent davlat agrar universiteti, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti hamda akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqotlar institutlarining professor va fan nomzodlari hamda Agentlikning soha mutaxassislari tomonidan tashkil etildi. Ishtirokchilarga nafaqat tok va uzum o‘stirish sirlari, balki bugun tashabbuskorlar uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ajratilayotgan subsidiyalar, yer va yerdan foydalanish kabi muhim masalalar yuzasidan ham ma’lumotlar berildi.

Darslarni yaxshi o‘zlashtirgan ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

 

Oqil G‘ULOMOV (surat), O‘zA