Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ: Saylovda harbiylar faol ishtirok etdi
18:54 / 2021-10-24

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugga qarashli Nukus garnizonidagi 1-yopiq harbiy shaharchada joylashgan 62-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari saylov qonunchiligi asosida tashkil etildi.

Harbiy okrug qo‘mondoni Farhod Shermatov munosib nomzodga birinchi bo‘lib ovoz berib, saylovni boshlab berdi.

Saylov okrugida jami 2515 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Ovoz berish jarayonida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, muddatli harbiy xizmatchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilar, harbiy shaharchada istiqomat qilayotgan aholi faol qatnashdi.

[gallery-4410]

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA