Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ: Poytaxt ko‘chalari bo‘ylab retro avtomobillar marshi bo‘lib o‘tdi
21:39 / 2021-05-04

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri bo‘ylab retro avtomobillar marshi tashkil etilmoqda.

4 may kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparati binosidan Amir Temur xiyoboniga qadar harakatlangan retro avtomobillarning asosiy qismini Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ommaviy ishlab chiqarilgan modellar tashkil etdi.

[gallery-2282]

Ta’kidlash kerakki, retro avtomobillar aholi gavjum joylarida namoyish uchun to‘xtab, shuningdek, harbiy ansambl va orkestr jamoalari tomonidan urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari namoyish etildi.

Bu kabi retro avtomobillar marshi va harbiy ansambl hamda orkestr jamoalari tomonidan urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari 5 may kuni poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” maydonida, shuningdek, 6 va 7 may kunlari ham Toshkentning gavjum nuqtalarida bo‘lib o‘tadi.

Oybek PARDAEV (surat), O‘zA