Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ: Poliklinikada 346 ming aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda
20:27 / 2021-11-23

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika va uning tarkibidagi 9 ta oilaviy poliklinikada tumanning 51 ta mahallasida yashovchi 346 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatilmoqda.

1994 yilda qurilgan tibbiyot maskani 2017 yilda rekonstruksiya qilingan. Bu yerda terapiya, nevrologiya, kardiologiya, revmatologiya, allergologiya, pediatriya, jarrohlik kabi bo‘limlar faoliyat yuritmoqda. Malakali tibbiyot xodimlari poliklinikada mavjud zamonaviy tashxis uskunalari yordamida kasallikni erta aniqlab, vaqtida davolash choralarini ko‘rmoqda.

[gallery-4775]

Temur MAMADAMINOV (surat), O‘zA