Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ: O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi tashkil etilganiga 29 yil to‘ldi
19:17 / 2021-01-28

Bundan roppa-rosa 29 yil avval, ya’ni 1992 yil 28 yanvar kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tashkil etilgan.

Bu muhim voqelik mamlakat fuqaro aviatsiyasining rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. O‘tgan yillar mobaynida “Uzbekistan airways” brendi barqaror, xavfsiz va ishonchli aviatashuvchi sifatida dunyoga tanildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasining iqtisodiy salohiyati, nufuzi ham yuksaldi.

[gallery-946]

Mamlakatimizning zamonaviy, qulay avialaynerlari Yevropa va Osiyoning qator shaharlariga parvoz qilmoqda. Alyaskadan tortib, Yangi Zelandiyagacha charter qatnovlarini amalga oshirmoqda. O‘zbekiston uchuvchilari A320, Boeing-757/767, Il-114-100 kabi havo kemalarini o‘zlashtirib, bugun yangi avlod samolyotlari – Drimlaynerlarni ham boshqarishni uddasidan chiqdi. Ularning mahorati va salohiyati butun dunyoga yaxshi tanish va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Oqil G‘ULOMOV (surat), O‘zA