Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fotoreportaj: Namanganning olmasi
15:29 / 2021-08-15

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 12 ming gektardan ortiq bog‘ bo‘lib, shundan 5 ming gektardan ziyodida turli navda olma yetishtiriladi.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M. Saidahmedovning aytishicha, hududdagi 880 ta fermer xo‘jaligining 537 tasi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan va ularga 15 ming gektardan oshiq yer ajratilgan.

- 2 gektar bog‘imizda Pobeda, Ferasoud, Kindivid kabi navli olmalar yetishtiramiz, - deydi xususiy bog‘ egasi Alisher Hakimov. – Shu kunlarda olmalarning yozgi navi pishib yetilgan. Oltindek tovlanuvchi, totli va xushxo‘r olmalarimizning xaridori ko‘p. Hosilga yarasha daromadimiz ham yil sayin ortayotgani bog‘dorchilik qishloq oilalari uchun koni foyda ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

[gallery-3422]

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA