Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fotoreportaj: gullagan bodomlar bahorning ziynati
03:00 / 2022-03-03

Bahorning ilk kunlaridan ko‘klam zaminga sepini yoyishni boshladi. Yer isi, quyosh tafti baribir sururli. Maysalar bosh ko‘tardi, gulu giyoh qir-adirlarni qopladi, yomg‘irdan so‘ng paydo bo‘lgan kamalak dillarga xushnudlik baxsh etayapti, qisqasi, turfa rangda jilolanayotgan ona-tabiat tobora chiroy ochib bormoqda. Darhaqiqat,bahor go‘zallik, yangilanish, dehqonchilik, orzu-umidlar fasli.

[gallery-5965]

Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlarida ham bahorning tarovatini his qilasiz. Qamchiq davonidan o‘tib kelarkansiz Dang‘ara tumani qishloqlaridagi obodlikdan dil yayraydi. Ayniqsa, gullagan bodomlar yasharish va go‘zallik faslining ziynatiga o‘xshaydi go‘yo.
Doshqozonlarda sumalak solinib, yoshi ulug‘larimiz yurtimizga tinchlik-omonlik tilashmoqda. Bobodehqon esa qadrdon dalasi tomon otlangan. Barcha joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari avjida. Asosiysi, bayramlar, shodiyonalar boshlanmoqda.
 

M. Sulaymonov, O‘zA