Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ: Chustda 22 gektarlik “Yangi O‘zbekiston bog‘i” barpo etiladi
18:39 / 2021-11-11

Namangan viloyati Chust tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 22 gektarlik maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ni barpo etishga kirishildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yurtimiz bo‘ylab yangi bog‘-rog‘lar barpo etish va tevarak-atrof musaffoligini ta’minlashda muhimligi bilan ahamiyatli.

[gallery-4623]

“Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga ilk ko‘chat o‘tkazish tadbirida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, sektorlar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, keng jamoatchilik faol ishtirok etdi.

– Namanganning har bir tumanida shunday bog‘u rog‘, daraxtzorlar yaratamiz, - deydi viloyat rahbari Shavkat Abdurazzoqov. – Yo‘l yoqalarida, ijtimoiy ob’ektlar hududlaridagi bo‘sh yerlar yashil maydonlarga aylanadi. Bugun biz yerga qadagan ushbu ko‘chatlar ertaga ekologiya va atrof-muhit muhofazasini ta’minlab, salomatligimizni asrashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA