Fotoreportaj: Biz sogʻinayotgan koʻchalar…
Odamlar gavjum, shoshib hayot oʻtmoqda edi... Kimdir ishga, kimdir oʻqishga oshiqardi.
Odamlar gavjum, shoshib hayot oʻtmoqda edi... Kimdir ishga, kimdir oʻqishga oshiqardi. Bugun esa bu shovqin shahar uzra sokinlik hukmron. Unga hamohang osmondagi bulutlar ham pagʻa pagʻa boʻlib yigʻilgan.
Odamlarni qumsagan osmon ham koʻz yoshlarini yashira olmay tinmay yigʻladi. Uni ovutgandek quyosh nurlarini shahar uzra taratmoqda. Yurtimizda bahor oʻz tarovatini namoyon qilmoqda. Toʻgʻri, bugun biz sayr qilib, undan bahra ololmaymiz. Ammo, sabr va bir birimizni qoʻllab-quvvatlash orqali karantinni yengamiz. Bizni kutgan va sogʻingan koʻchalarni birgalikda kezamiz..
Hozircha esa Termiz shahri goʻzalligini zimdan suratlarda tomosha qilamiz...