English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ: Bahouddin Naqshband majmuasiga fotosayohat
18:58 / 2021-10-13

Buxorodagi “Yetti pir” ziyoratgohi tarkibiga kiruvchi Bahouddin Naqshband majmuasi Kogon tumanining Qasri Orifon qishlog‘ida joylashgan.

Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros ob’ektini barpo etilishiga Abdulazizxon ibn Ubaydulloxon 1544 yilda asos solgan. Abdulazizxon buyrug‘i bilan mozor tartibga solinib, ansambl shakliga keltirilgan va 1544-1545 yillarda kompleksning eng katta binosi – xonaqoh qurilgan. 

[gallery-4251]

Mazkur me’moriy xonaqoh mahobati va badiiy bezagi jihatidan juda noyob imorat sanaladi. Majmuaning asosiy qismiga daxmalar, maqbara, ikkita masjid, sakxona, hovuz, quduq, minora, madrasa va Abdullaxon xonaqohi kiradi. Keyinchalik uning safiga baland peshtoq – gumbazli yangi darvozaxona, muzey, choyxona singari imoratlar qo‘shilgan.

Mustaqillik yillarida ushbu ziyoratgoh yanada obod etildi, ziyoratchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratildi.

A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA