FOTOREPORTAJ: Andijonga yana yangi va zamonaviy avtobuslar keltirildi
Andijon shahrida zamonaviy, yangi avtobuslar aholiga xizmat ko‘rsata boshladi.
“Alpomish merosi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xitoyning “ZHONGTONG BUS (HONG KONG) Company LIMITED” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan Andijon viloyatiga ZHU YONGHU rusumli avtobuslardan yana 10 tasi yetib keldi.
[gallery-4069]
Eslatib o‘tamiz, hududga 2021 yil davomida jami 70 dona shunday avtobus keltirilib, 12 ta yo‘nalishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA