Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FOTOREPORTAJ: Abdulaziz Komilov Sergey Lebedev bilan uchrashdi
19:34 / 2021-10-21

2021 yilning 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kuzatuvchilari missiyasi rahbari sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Hamdo‘stlikdan delegatsiya yuborilishi MDHdagi hamkorlarimizning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarga katta qiziqishining tasdig‘i ekanligi qayd etildi.

[gallery-4351]

MDH kuzatuvchilariga mamlakatimizda saylov qonunchiligini takomillashtirish, parlament va siyosiy partiyalarning rolini oshirish, siyosiy jarayonlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlarining Sammiti va Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi natijalari, erishilgan kelishuvlarning bajarilishi va MDH doirasidagi o‘zaro munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Oqil G‘ULOMOV (surat), O‘zA