Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fotojurnalistikaning rivojlanish tendensiyasi o‘rganildi
12:13 / 2025-12-05

FOTOREPORTAJ

Rossiya Federatsiyasining TASS axborot agentligi tomonidan fotomuxbir va video operatorlar uchun bir haftalik o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

[gallery-26575]

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar axborot agentliklari va bosma nashrlar fotomuxbirlari hamda video operatorlari ishtirok etgan seminar davomida zamonaviy fotojurnalistikaning asosiy xususiyatlari, rivojlanish tendensiyasi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi.

O‘quv-amaliy seminar TASS Fotoaxborot tahririyatining ish faoliyati bilan tanishuvdan boshlanib, qiziqarli treninglarga ulandi. Ayniqsa, TASS Fotoxronika bo‘limi boshlig‘i, taniqli fotomusavvir Sergey Shaxidjanyan, “World Press Photo – 2025” fototanlovi g‘olibi Mixail Tereshenko, videokontent tayyorlash bo‘yicha katta tajribaga ega Maksim Churusov ishtirokidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar soha vakillarini fotojurnalistikaning o‘ziga xos, boy olamiga yetakladi.

Yangi dunyoda axborot tayyorlash va uzatishda sun’iy intellektdan o‘rinli foydalanish, suiiste’mol qilmaslik hamda jurnalistikaning “Zarar keltirma” oltin qoidasini yodda tutish kerakligi yana bir bor eslatildi.

Shavkat Tohirov, O‘zA