Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fotoarxiv: Mustaqillik bayramlari qanday nishonlangan? (1991-2019)
18:02 / 2020-08-31

Har yili 1-sentyabr Oʻzbekiston Respublikasi milliy bayrami – Mustaqillik kuni sanasi sifatida keng bayram qilinadi.

---

Har yili 1-sentyabr Oʻzbekiston Respublikasi milliy bayrami – Mustaqillik kuni sanasi sifatida keng bayram qilinadi. Butun respublika boʻylab tashkil qilingan katta toʻyu tantanalar, bayram sayillari, konsert va tomosha dasturlarida xalqimiz ozodlik shodiyonasini nishonlaydi.

Biroq joriy yilda butun dunyodagi epedimiologik vaziyatdan kelib chiqib, Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga binoan, joylarda katta yigʻin va ommaviy sayillar oʻtkazish, shuningdek, bogʻ va koʻngilochar maydonchalarda konsert dasturlari tashkil etish, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida mushakbozliklar cheklandi. Shuning uchun mazkur sanani koʻproq oila davrasida nishonlashni tashkil etish maqsadga muvofiq, degan qarorga kelindi.

OʻzA bayram arafasida avvalgi yillarda Mustaqillik bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan davlat tadbirlaridan fotojamlanma tayyorladi.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi