Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forumda O‘zbekiston IT sanoatidagi yutuqlar ko‘rsatildi
17:00 / 2022-03-24

Toshkent xalqaro investitsiya forumi qizg‘in davom etmoqda. Forumning navbatdagi panel munozarasi “INDUSTRIYA 4.0” deb nomlandi.

Unda O‘zbekistonning IT sanoati va sohadagi yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida so‘z bordi. Panel yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov sohadagi yangiliklarga bag‘ishlangan taqdimot qildi.

Mamlakatimizda IT sohasiga ko‘rsatilayotgan e’tibor samarasida AKT yo‘nalishida bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, 2021 yilda IT Park rezidentlari eksport hajmini qariyb 3 baravarga oshirdi. O‘tgan yilda IT Park rezident kompaniyalari tomonidan 2,5 tirillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi, shundan 46 million dollar eksport hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilga qaraganda 2,8 barobar ko‘p. 2022 yilda esa IT mahsulotlar eksportini 100 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Qolaversa, o‘tgan yili IT Park rezidentlari soni jami 523 taga yetdi, yil davomida 104 ta yangi kompaniya tashkil etilgan.

bugungi kunda mamlakatimizda IT-sohasida yiliga o‘rtacha 5 ming nafardan ortiq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi. 2019-yilda yo‘lga qo‘yilgan “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi bilan birga mamlakatning barcha hududlarida IT-markazlarning ochilishi sohaga har yili 50 mingdan ortiq yosh mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. IT-park rezidentlari soni 440 dan oshdi. Ular tomonidan mingga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil etildi, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mdan ortdi.

Panel munozarasida AKT sohasi mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim dargohlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov yurtimizning barcha sohalari xususan, to‘qimachilik, charm sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarini raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida dala va o‘simliklarni samarali sug‘orish uchun maxsus moslamalar o‘rnatilgan. Vazirlik tomonidan tashkil etilgan “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratildi. Shuningdek, boshqa bir qator sohalarni ham raqamlashtirish borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar haqida gapirib berdi.

Go‘zal Sattorova,O‘zA