Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forum xorijiy ishbilarmonlar uchun muhim yo‘riqnoma bo‘ldi
20:12 / 2022-03-24

Muhammad Yoqub Shoiq (Pokiston)

- Yetti yildan buyon O‘zbekiston bilan samarali hamkorlik qilib kelamiz. Sheriklik doirasida Afg‘oniston orqali Toshkentdan Karachigacha bo‘lgan yo‘l infrastrukturasini takomillashtirish loyihasini amalga oshiryapmiz. Shu orqali O‘zbekiston va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo aylanmasi hajmini oshirishga hissa qo‘shish niyatidamiz.

Ushbu logistik yo‘nalish orqali O‘zbekistondan quruq meva eksportini oshirishga erishiladi. Ya’ni, mahsulot avval poyezd yoki yuk mashinasida Karachigacha, keyin suv yo‘li orqali boshqa mamlakatlarga yetkaziladi.

Mazkur forum bizga faoliyatimizni yanada kengaytirish, yangi hamkorlar topish imkonini beradi.

Said Humaid Al Zariy (Saudiya Arabistoni)

- Diyoringizga ilk bor kelishim. Bu mamlakat, mehmondo‘st o‘zbek xalqi menda juda iliq taassurot qoldirdi. O‘zbekistonda logistika, raqamlashtirish yo‘nalishlari keng rivojlanayotganiga guvoh bo‘ldik. Shu bois, aynan shu sohalarga investitsiya kiritishni rejalashtiryapmiz.

Yuksak daraja tashkil etilgan ushbu yirik forum xorijiy ishbilarmon doira vakillari uchun muhim yo‘riqnoma bo‘ldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bilan birga anjuman bizga O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini, iqtisodiy, ijtimoiy imkoniyatini chuqur o‘rganish imkonini berdi.

Kelajakda hamkorlar bilan birga Navoiy viloyati va Toshkent shahri o‘rtasida logistika yo‘nalishida yangi loyiha ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz.

O‘zA muxbiri Go‘zal Sattorova yozib oldi.