Forum qatnashchilari Samarqandni ziyorat qildi
18-19 avgust kunlari poytaxtimizda o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Xotin-qizlar forumi ishtirokchilari bugun Samarqandda bo‘ldi.
Samarqand temir yo‘l vokzalida mehmonlarni viloyat hokimligi mas’ullari kutib oldi.
Mehmonlar Samarqand bilan tanishuvni Ulug‘bek muzey-majmuasidan boshladi. Ularga mazkur majmuaning tarixi, bu yerda keyingi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, muzey eksponatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng delegatsiya Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Shohi Zinda yodgorligi, Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi va boshqa maskanlarni tomosha qildi.
Ayni paytda qadimiy kentda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA