Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forum o‘tkazilmoqda
15:35 / 2026-01-16

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Fuqarolik jamiyati tashkilotlarining mintaqaviy muvofiqlashtiruvchi forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasida Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, yuridik klinikalar vakili, shuningdek, faol yoshlar va fuqarolar ishtirok etishmoqda.  

Forumning asosiy maqsadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Fuqarolik jamiyati tashkilotlari (FJT)ning institutsional va sohaviy salohiyatini oshirish, ularning mahalliy darajadagi dolzarb rivojlanish muammolarini (ayniqsa, yoshlar va ayollar masalalarida) hal etishdagi rolini kuchaytirish, shuningdek, FJT lar, universitetlar va davlat tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va bilim almashish uchun platforma shakllantirishdan iborat. “O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi esa fuqarolik, siyosiy va ijtimoiy huquqlarni mustahkamlash, jamiyatning barcha qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratish va inklyuziv rivojlanishga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Forum davomida ayollar huquqlari, yoshlar bandligi va ijtimoiy inklyuziya kabi dolzarb masalalar bo‘yicha FJT lar faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni aniqlash, Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilgan FJT larning muvaffaqiyatli loyihalari va ilg‘or amaliyotlarini namoyish etish orqali samarali tajriba almashinuvini rag‘batlantirish, ular duch kelayotgan tashkiliy, moliyaviy, hisobot va me’yoriy masalalardagi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun malakali ekspert yechimlarini taqdim etish kabi asosiy vazifalarga e’tibor qaratildi.

[gallery-27154]

Forum dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ijtimoiy muammolar va ularni hal etish bo‘yicha FJTlarning taklif va choralari, ayollar va yoshlarni qamrab oluvchi uchta asosiy muammoni tahlil qilish bo‘yicha muhokamalar, shuningdek, ushbu muammolarni hal etishda FJT lar samaradorligini oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqish singari asosiy mavzuli bloklar va muhokamalarni o‘z ichiga oldi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z faoliyatini kuchaytirish uchun amaliy bilim va vositalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, mintaqaviy tashabbuslar doirasida yanada samarali hamkorlikka xizmat qiluvchi yangi sheriklik aloqalarini shakllantirish imkonini beradi.

Forum ertaga o‘z ishini davom ettiradi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari